Hurmatli vatandoshlar!
Hurmatli vatandoshlar!
2023-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkaziladi. Germaniya, Chexiya, Shvetsiya va Shveysariyada doimiy yashovchi yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi 18 yoshdanoshgan O‘zbekiston fuqarolarini mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha quyidagi manzillarda tuzilgan eng yaqin saylov uchastkalaridan birida ovoz berishda ishtirok etishga taklif qilamiz.
1. O’zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi (PerlebergerStr. 62, Berlin 10559,tel.: 030 39 40 98 - 0,
veb-sahifa: www.uzbekistan.de);
veb-sahifa: www.uzbekistan.de);
2. O’zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulligi (Eschenheimer Anlage 1, Frankfurt am Main 60316,tel.: 069 596 74 503, veb-sahifa: www.gk-usbekistan.de);
Shu bilan birga, saylovchilarning murojaatlariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari gavjum yashaydigan aholi punktlaridan biri Halle shahrida 20 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 15.00 dan 18.00 gacha vaqt oralig’ida quyidagi manzilda muddatdan oldin ovoz berish tashkil etiladi: “Baustoffzentrum Halle-Ammendorf, Chemiestraße 20, 06132 Halle (Saale)”.
Shuningdek, saylovga o’n kun qolganda (19-apreldan) muddatidan oldin ovoz berish boshlanadi va bu jarayon 26-aprelda tugaydi. Referendum kuni o’z yashash joyida yoki ro’yxatga olish joyida bo’la olmagan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
O’zbekiston Respublikasining saylov to‘g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, xorijda bo’lgan O’zbekiston fuqarolari, agar ular diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalarida vaqtincha yoki doimiy konsullik hisobida turmagan bo‘lsa, saylov boshlanishiga 15 kun qolganida saylovda ovoz berish uchun ro’yxatdan o’tishlari shart.
Buning uchun siz shaxsan elchixona/konsulxonaga yozma ravishda murojaat qilishingiz yoki O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining https://referendum2023.mfa.uz/ onlayn portali orqali ro’yxatdan o’tishingiz kerak.
Ovoz berishda ishtirok etish bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni tegishli veb-sahifalar orqali yoki O’zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi, Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasiga telefon qilish orqali olish mumkin.
Diqqat!
Referendumga borishda siz o’zingiz bilan O’zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini (biometrik pasport, xorijga chiqish biometrik pasporti yoki diplomatik pasport) olishingiz shart.