OKMK: germaniyalik olim ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga taniqli olim, konchi, Germaniyaning Frayberg Texnika universiteti Konchilik ishi va shaxta qurilishi instituti direktori, Saksoniya fanlari akademiyasi va boshqa xalqaro ilmiy akademiyalar professori Karsten Drebenshtedt tashrif buyurdi.
Taniqli olim kombinat korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Jumladan, Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlari, Mis boyitish fabrikasida amalga oshirilayotgan ishlarni hamda yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasining qurilish jarayonini ko‘rdi. Kombinat texnologik zanjirining so‘nggi nuqtalari bo‘lgan Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi faoliyati nemis olimida katta taassurot qoldirdi.

Tashrifning ikkinchi kuni professor Karsten Drebenshtedt MTTU MISiS Olmaliq filiali hamda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga bordi. O‘quv jarayoni, ilmiy yo‘nalishlar bilan tanishdi. Ayniqsa, MTTU MISiS Olmaliq filialida talabalarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar hamda ularda olib borilayotgan burg‘ulash, metallurgiya, materialshunoslik va texnogen chiqindilarni qayta ishlash sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari germaniyalik olimda katta qiziqish uyg‘otdi. Filialda olib borilayotgan ishlarni professor yuqori baholadi.
Shuningdek, professor K. Drebenshtedt va OKMK rahbariyati, O‘quv markazi, har ikki oliygoh filiallari direktorlari hamda professor o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv ham tashkil etildi. Unda kelgusida yo‘lga qo‘yiladigan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.