Toshkent va Andijon shaharlarida firibgarlar ushlandi

DXX xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbiri davomida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Iqtidorli bolalar akademik litseyi katta oʻqituvchisi “A.A.” oʻzganing ishonchiga kirib, firibgarlik yoʻli bilan undan 5000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
01.06.2020

Bola kulgusi tinmasin, bayrami tugamasin...

Har yili yoz faslining ilk kuni bogʻu xiyobonlar, teatr va muzeylar, konsert zallari kichkintoylar bilan gavjum boʻlardi. Sport musobaqalari, turli qiziqarli viktorinalar yana-da avj olardi.
01.06.2020

Ikki astronavt va dinozavr fazoviy stansiya sahnida

Anchadan buyon kutilgan shov-shuvli voqea nihoyat roʻy berdi. NASA astronavtlari insoniyat tarixida ilk bor xususiy kompaniya tomonidan yaratilgan kemada fazoga koʻtarilib, Xalqaro kosmik stansiya bortiga oʻtib olishdi. Bu haqda “Euronews” xabar qilgan.
01.06.2020

Oʻzbekiston oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sanoati vakillari uchun bepul vebinarlar tashkil qilinmoqda

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “AGROCOMP& loyihasi doirasida Yevropada malaka oshirib qaytgan yurtimiz mutaxassislari Oʻzbekistonda oʻz tajribalarini oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sanoati vakillariga ulashmoqdalar.
01.06.2020

DXA: Fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan davlat idoralari ham uchrab turibdi

Davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida oʻz vazifasini sidqidildan bajarayotgan davlat idoralari bilan birgalikda davlat xizmatlarini oʻz vaqtida koʻrsatmasdan, fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan davlat idoralari ham uchrab turibdi.
31.05.2020

Oʻzbekistondagi eng katta poligonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan oʻtkazilmoqda

Markaziy harbiy okrug hududidagi “Kattaqoʻrgʻon” dala oʻquv maydonida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan “Tashabbuskor gʻoyalar” asosidagi takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.
31.05.2020

Oʻzbekistondagi eng katta poligonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan oʻtkazilmoqda

Markaziy harbiy okrug hududidagi “Kattaqoʻrgʻon” dala oʻquv maydonida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan “Tashabbuskor gʻoyalar” asosidagi takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.
31.05.2020

Oltin, kumush va mis ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ortiqqa oshadi

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati nodir metallar ishlab chiqarish boʻyicha nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyodagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi.
31.05.2020

Olimlar yer yuzidagi eng yirik ommaviy halokat sababini aytishdi

Buyuk Britaniyalik tadqiqotchilar bundan 359 million yil oldin Devon halokati qay tarzda roʻy berganini aniqladilar. Shu haqdagi maqola “Science Advances” saytiga joylashtirilgan.
31.05.2020

Xitoylik tadbirkor: “Oʻzimni oʻzbekdek, Oʻzbekiston farzandidek his qildim”

Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Qaytmas” mahallasida xitoylik tadbirkor Lu Syuy Xaoni koʻpchilik Sasha aka, deb chaqiradi. Hatto ayrimlar uning asl ismini bilmasligi ham mumkin.
31.05.2020

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida har ikki davlat fuqarolari oʻrtasida mojaro yuzaga keldi

Bugun, 2020-yilning 31-may sanasida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida har ikki davlat fuqarolari oʻrtasida mojaro yuzaga keldi. Bu haqda DXX Chegara qoʻshinlari rasmiy telegram kanalida maʼlum qilindi.
31.05.2020

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3623 nafarga yetdi

2020-yil 31-may soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3623 (+40) nafarni tashkil etmoqda.
31.05.2020

Oʻzbekistonning yirik kinostudiyalari birlashib, yangi assotsiatsiyaga asos solishdi

Mamlakatimizning 10 ta yirik kinostudiyalari “Oʻzbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi”ni tashkil etishdi.
31.05.2020

Oʻzbekistonlik yosh muhandis-mutaxassislar oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparati prototipini yaratdi

Jahondagi soʻnggi voqealar oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparatlarining oʻta yetishmasligiga olib kelganligini inobatga olib, Oʻzbekiston avtomobil tarmogʻi yosh muhandis-mutaxassislari karantin davrida oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparati prototipini yaratdilar.
31.05.2020

Respublika maxsus komissiyasi axboroti

Amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.
30.05.2020

1-iyuldan QQSning oshib ketgan miqdori soliq toʻlovchiga qaytariladi

“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, 2020-yil 1-iyuldan boshlab hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oshib ketishi natijasida hosil boʻlgan QQS summasini soliq toʻlovchiga qaytarish amaliyoti ishga tushadi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.
30.05.2020

Yer va mol-mulk soligʻi qarzdorligidan voz kechildi

Davlat rahbarining tegishli farmoniga asosan kichik tadbirkorlik subyektlarining 2020-yil aprel va may oylari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summalarining hisobdan chiqarilishi hisobiga jami Buxoro viloyatida 159 ta korxonaning 1 milliard soʻmlik yer va mol mulk soliqlari boʻyicha qarzdorligidan voz kechildi.
30.05.2020

TURIZM: Tez orada 500 oʻrinli dam olish maskani oʻz faoliyatini boshlaydi

Toshkent viloyati oʻzining soʻlim tabiati bilan sayyohlarni oʻziga maftun etadigan hudud. Bu goʻsha turizmni rivojlantirish uchun qulayligi sabab shu yilning oʻzida bir necha yangi loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
30.05.2020

Oʻzbekiston yoshlari xalqaro yadro klubiga qoʻshilishni rejalashtirishmoqda

Oʻzbekiston yadrochilari 2022-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan navbatdagi Xalqaro yoshlar yadro kongressini kutishmoqda.
29.05.2020

MDH Hukumat rahbarlari kengashining majlisi

2020-yil 29-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi raisligi doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
29.05.2020

Prezident: zamonaviy shifoxonalar qurish qiyin, ulardan unumli foydalanish esa undan ham mushkul

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan koʻp tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi.
29.05.2020

Ijarada yashagan oila yangi uyli boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib koʻrdi.
29.05.2020

YANGI LOYIHA: Yiliga qoʻshimcha 61 ming tonna propan-butan aralashmasi ishlab chiqarish imkoniyati

Prezidentimizning 2020-yil 9-yanvardagi “2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1,2,5) modernizatsiya qilish” boʻyicha qiymati 49 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
29.05.2020

Toshkent shahrida kichik tuman tashkil etish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev 2016-yili sentyabrda besh yil davomida Sergeli tumanida 500 ta koʻp qavatli uy qurilishini aytganida koʻpchilik hayron boʻlgan edi. Davlatimiz rahbari 2018-yil dekabrda bu boradagi bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirgandi.
29.05.2020

Sergelida istirohat bogʻi yaratildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Sergeli tumanida barpo etilgan ekoparkni borib koʻrdi.
29.05.2020

Prezident xalq bilan fikrlashdi

Yangi ekoparkda Sergeli tumani mutasaddilari, aholi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
29.05.2020

Islom olamidagi ilk madrasalardan biri Buxoroda ochilgan

Buxoroda "Buxoroning islom sivilizatsiyasidagi oʻrni va unga qoʻshgan hissasi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy videokonferensiya ish boshladi.
29.05.2020

Xalqimiz salomatligini asrash va farovonligini oshirish – asosiy maqsadimiz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, fuqarolar hayotini yaxshilash, farovonligini oshirish yoʻlida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida poytaxtimizning Sergeli tumani va Toshkent viloyatining Zangiota tumanida boʻldi.

Prezidentimiz dastlab Zangiota tumanida barpo etilayotgan koʻp tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi.

Prezident aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, fuqarolar hayotini yaxshilash, farovonligini oshirish yoʻlida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida bugun Toshkent shahrining Sergeli tumani va poytaxt viloyatining Zangiota tumaniga boradi.
29.05.2020

Pages