2018-yilda Namangan viloyatida qariyb 100 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ korxonalar ixtiyorida qolishi mumkin

Namanganda soliq qonunchiligidagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
13.02.2018

Barcha sa’y-harakatlarimiz obodlik, bunyodkorlik va aholi farovonligiga xizmat qilsin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida poytaxtimiz tumanlarida bo‘ldi.
09.02.2018

“Qishloq qurilish bank”dan masofaviy bank xizmatlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida to‘lov tizimini yanada rivojlantirish, jumladan, real vaqt rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini o‘tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko‘rsatgan holda tijorat banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Bu esa tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar sifatini oshirish va yangi zamonaviy xizmatlarni joriy etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
09.02.2018

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi haqida

2017-yilning 1-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilingan edi.
08.02.2018

“Jondor Chinor Chorva”ning yangi mahsuloti

Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi parranda go‘shti, tuxum va jo‘ja yetishtirishga ixtisoslashgan “Jondor Chinor Chorva” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qayta ishlash sexi ish boshladi.
07.02.2018

Абдулазиз Камилов ХХРга ташриф буюради

2018-йилнинг 6-7-феврал кунлари Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазири Абдулазиз Камилов Хитой Халқ Республикасида расмий ташриф билан бўлади.
06.02.2018

Марказий Осиё давлатлари учун ЕТТБ ва ЕИ дастури

Ўтган ҳафта Алмати шаҳрида Европа тикланиш ва тараққиёт банки (ЕТТБ) ва Европа Иттифоқи (ЕИ) вакиллари томонидан Марказий Осиёда кичик бизнесни ривожлантириш бўйича минтақавий дастур тақдимоти бўлиб ўтди.
06.02.2018

Shavkat Mirziyoyev yana xalqaro vaziyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan mashhur insonlar ro‘yxatida

Ispaniyaning yetakchi tahliliy markazlaridan biri - Barselona xalqaro munosabatlar markazi (CIDOB) 2017 yilda xalqaro vaziyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan mashhur insonlar hamda voqealarning 40 banddan iborat ro‘yxatini e’lon qildi.
05.02.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 3-fevraldagi farmoyishiga muqofiq Prezident Matbuot xizmatining tarkibiy bo‘linmalarida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
05.02.2018

O‘zbekistonda joriy yilning 1 iyulidan boshlab elektron vizalar berish tartibi joriy etiladi

Joriy yilning 10 fevralidan boshlab 7 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz tartibda kelishlari mumkin bo‘ladi.
05.02.2018

Toshkent sayyohlarni maftun etayotgan shaharlar reytingida

Yashash joyni bron qilish bo‘yicha rus servis xizmati hisoblangan “Tvil.ru” tomonidan rossiyalik sayyohlar 23 fevral bayram sanasini nishonlash maqsadida MDH hududida boradigan shaharlari nomi aniqlandi.
05.02.2018

Dunyoning mashhur navoiyshunos olimlari Navoiyda to‘planadi

“Umidim uldurki va hayolimga andoq kelurki, so‘zim martabasi avjdan quyi enmagay va yozgan asarlarimning tantanasi a’lo darajadan o‘zga yerni yoqtirmagay”.
05.02.2018

Taxtako‘pirda "Agro kompleks Karakalpakstan" O‘zbekiston – Amerika qo‘shma korxonasi qurilishi boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani "Qaraoy" ovul fuqarolar yig‘ini hududida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Agro kompleks Karakalpakstan" O‘zbekiston – Amerika qo‘shma korxonasi qurilishi boshlandi.
05.02.2018

Atletlarimiz Osiyo chempionatida uchta medalga sazovor bo‘ldi

Eronning Tehron shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikki oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritib, yurtimizga qaytib keldi.
05.02.2018

O‘zbekistonga Tojikiston delegatsiyasining tashrifiga doir

2018-yilning 5-fevral kuni Toshkent shahriga Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Ibrohim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
05.02.2018

Janubiy koreyalik ishbilarmonlar Samarqandda. Mehmonlar xorijiy investorlarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Janubiy koreyalik ishbilarmonlar Samarqandda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashdi.
02.02.2018

“Frankfurter Allgemeine Zeitung” O‘zbekistondagi o‘zgarishlar haqida

Ma’lumki, bugungi kunlarda O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga butun dunyo ommaviy axborot vositalari katta e’tibor qaratmoqda.
01.02.2018

Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida qonun qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturiga asosan hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
31.01.2018

Ipakchilik bo‘yicha xalqaro komissiyaning navbatdagi sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Guvaxati (Hindiston) shahrida Ipakchilik bo‘yicha xalqaro komissiya boshqaruv kengashining 25-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uning ishida «O‘zbekipaksanoat» assotsiatsiyasi raisi B. Sharipov hamda «Bukhara Brilliant Silk» qo‘shma korxonasi direktori B.Jo‘rayevdan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
31.01.2018

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “LT Textile International” xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezidentimiz o‘tgan yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida begilab berilgan vazifalarga muvofiq qurilgan mazkur korxonaning birinchi bosqichi 2017 yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu yerga Germaniya va Shveysariyadan zamonaviy va energiyatejamkor to‘qimachilik asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi. 700 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytgan.
30.01.2018

Dunyoga mashhur “White & Case” (AQSh) kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

AQShning dunyoga mashhur “White & Case” yuridik kompaniyasi kecha poytaxtimizda o‘z vakolatxonasini ochdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
30.01.2018

Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochildi

Bugun mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi keng nishonlanmoqda.
30.01.2018

O‘zbekiston delegatsiyasining OQXJ boshqaruvining bo‘lajak majlisida ishtirok etishi to‘g‘risida

2018-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) boshqaruvi a’zosi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxabod shahrida bo‘lib o‘tadigan OQXJ boshqaruvi majlisida ishtirok etadi.
30.01.2018

Pages