Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-yilning 17-may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiya ishida qatnashayotgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy bilan uchrashdi.
18.05.2019

BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashuv

2019-yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada ishtirok etish doirasida Birlashgan Millarlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Aksilterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov bilan uchrashdi.
18.05.2019

YI delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv

2019-yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dushanbe shahrida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiya ishida qatnashish uchun Tojikistonga tashrif buyurgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati Bosh kotibining umumyevropa xavfsizlik va mudofaa siyosati hamda inqirozli holatlarga javob qaytarish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Pedro Serrano bilan uchrashdi.
18.05.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev Muhammad Yusuf nomidagi maktabga tashrif buyurdi

Davlatimiz rahbari 2017 yil 2-3 iyunda Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etish taklifini bildirgan edi. Shunga muvofiq o‘sha yili iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinib, 11 dekabrda mazkur maktab ochilgan edi.
17.05.2019

O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktorini qabul qildi

Bugun, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.
17.05.2019

Hududlarda islohotlarni bir xil surʼatda amalga oshirish, odamlar uchun munosib turmush sharoiti yaratish – asosiy maqsadimiz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida 16-17 may kunlari Andijon viloyatida boʻldi.
17.05.2019

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2019-yilning 17-may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.
17.05.2019

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbe shahrida Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

2019-yilning 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi.
17.05.2019

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.
17.05.2019

Korxonalar tashkil etilmoqda, endi sifatga e’tibor berish kerak

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Khantex Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi.
16.05.2019

Prezident Xonobod sihatgohini borib ko‘rdi

So‘lim tabiati bilan mashhur Xonobodda bir paytlar qurila boshlagan sanatoriy qarovsiz holda qolib ketgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yil 2 iyunda bu yerga kelib, uni obodonlashtirish, aholi dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.
16.05.2019

Namangan shahrida an'anaviy gullar festivali o'tkaziladi

26-maydan 1-iyunga qadar Namangan shahrida an’anaviy gullar bayrami bo'lib o'tadi. Bayram shaharning markaziy ko'chalarida tashkil etiladigan «Gul sayli» bilan boshlanadi.
16.05.2019

Prezidentimizning Andijon viloyatiga tashrifi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish hamda avval bergan topshiriqlari ijrosi bilan tanishish maqsadida 16 may kuni Andijon viloyatiga keldi.
16.05.2019

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15-mayda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’an bilan telefon orqali muloqot qildi.
16.05.2019

Navbatdagi tashrif manzili – Andijon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 16-may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi.
16.05.2019

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktorini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiyaning “Rosatom” atom energiyasi boʻyicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi.
15.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiyaning «LUKOYL» kompaniyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 may kuni "O‘zbekiston nefti va gazi" xalqaro ko‘rgazmasi tadbirlarida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizda bo‘lib turgan «LUKOYL» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.
15.05.2019

Toshkentda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti forumi bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 17-19-may kunlari Toshkentda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) bitiruvchilarining V xalqaro forumi o‘tkaziladi.
15.05.2019

O‘zbek professional bokschilari navbatdagi reyting janglariga tayyor

Bugungi kunda xalqaro miqyosda boks haqida gap ketar ekan, ushbu sport turini bilgan va unga qiziqqan kishi borki, O‘zbekistonni, uning dunyoga dong‘i ketgan sportchilarini yaxshi biladi.
15.05.2019

Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv

2019-yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hishom Mish'al As-Suvaylem bilan uchrashdi.
15.05.2019

Davlat statistika qo‘mitasi YAIM ma’lumotlaridagi tafovutlar bo‘yicha izoh berdi

Davlat statistika qo‘mitasi 2017-yilgi YAIM ko‘rsatkichi bo‘yicha tafovutlar tarmoqlar statistikasi ma’lumotlarini qayta hisoblab chiqish natijalari bilan bog‘liq ekanini ma’lum qildi.
15.05.2019

O‘zbekiston armiyasida birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivali o‘tkaziladi

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida festival o‘tkaziladi.
15.05.2019

Ishchi kasblari bo‘yicha dastlabki milliy chempionat o‘tkaziladi

Hukumat qarori bilan kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi joriy etildi.
15.05.2019

Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tiladi

Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
15.05.2019

AQSH Eksimbanki vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi

AQSH Eksport-import banki vakili amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi va Navoiydagi birinchi O‘zbekiston-Amerika-Kanada biznes forumida ishtirok etadi.
15.05.2019

Meeting with the Ambassador of the Republic of Korea

The Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Abdulaziz Kamilov received the Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Republic of Korea Kwon Yong-woo, who is completing his diplomatic mission in Uzbekistan.
14.05.2019

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Missisipi shtati gubernatori Filipp Brayant boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
14.05.2019

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2019-yil 12-may kuni O‘mon ko‘rfazidagi Birlashgan Arab Amirliklarining hududiy suvlari yaqinida Fujayra Amirligidan sharq tomonda tijoriy va fuqarolik kemalariga nisbatan amalga oshirilgan provokatsiyani keskin qoralaydi.
14.05.2019

Pages