• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Zargarlik buyumlari boʻyicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari talabi oʻrganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-noyabrdagi “2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, zargarlik eksport salohiyati va hajmini oshirish hamda uning geografiyasini kengaytirish maqsadida “Oʻzstandart” agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqining talablari oʻrganildi.

Yevropa Ittifoqining 1907/2006-sonli Reglamenti talablariga koʻra zargarlik buyumlarida qoʻrgʻoshin moddasining ruxsat etilgan miqdori 0,05% etib belgilangan, shuningdek, zargarlik buyumlari va mahsulotlari inson salomatligi yoki atrof-muhit uchun xavf tugʻdirsa, bu buyumlarni ishlab chiqarish, sotish hamda ulardan foydalanish taqiqlangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “Oʻzstandart” agentligi Yevropa Ittifoqi davlatlariga zargarlik buyumlarini eksport qilishda keltirib oʻtilgan talablarni eʼtiborga olish zarurligi va zargarlik mahsulotlarini eksport qilishda vakolat doirasida amaliy yordam berishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi.