• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

TURIZM: Tez orada 500 oʻrinli dam olish maskani oʻz faoliyatini boshlaydi

Toshkent viloyati oʻzining soʻlim tabiati bilan sayyohlarni oʻziga maftun etadigan hudud. Bu goʻsha turizmni rivojlantirish uchun qulayligi sabab shu yilning oʻzida bir necha yangi loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 28-mayda qabul qilingan “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ham mazkur yoʻnalishning oʻziga tartib-tamoyillarini belgilash va tatbiq etilayotgan loyihalar bugungi pandemik holatlar talabiga javob berishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Viloyatning Oʻrta Chirchiq tumanidagi Toshkent dengizi boʻyida ana shunday loyiha asosida dam olish maskani barpo etilmoqda. Ayni chogʻda 500 oʻringa moʻljallangan ushbu obyektda 4 mehmon uyi, restoran, plyaj, basseyn foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.

Tadbirkor Jahongir Ermatovning maʼlum qilishicha, ushbu yangi zamonaviy inshoot nafaqat xorijiy, balki mahalliy sayyohlar uchun manzur boʻladigan maskanga aylanadi. Bundan bir yarim yil tashlandiq joyda bu mehmon uylari qurish boshlangan edi. Xorijlik hamkorlar tomonidan 600 ming AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi evaziga hozir deyarli barcha binolar taxt qilib qoʻyilgan.

– Karantin boʻlib, ishlarimiz biroz choʻzildi, – dedi J. Ermatov. – Ayni damda xonalarni jihozlash yumushlari ham nihoyasiga yetmoqda. Uzogʻi bilan 10-15 kundan keyin ish boshlasak boʻladi. Yurtimizdagi pandemik holat sayyohlarga koʻrsatiladigan xizmatlar talabini, xodimlar masʼuliyatini yana-da oshiradi. Albatta, bugungi sharoitda sanitar-gigiyenik meʼyorlarga amal qilish har birimiz uchun shart boʻlmoqda. Ishimizning boshidanoq, yurtimizdagi vaziyatga toʻla javob bera oladigan xizmat turlarini koʻrsatamiz.

Toshkent viloyati axborot xizmati maʼlum qilishicha, bugungi kunda turizm industriyasi mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik sektoriga aylangan. Dunyoda yiliga sayyohlar oqimi 5 foizga ortib, sohaning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10 foizdan koʻproqni tashkil etmoqda. Ishga layoqatli aholining esa 8 foizi ushbu yoʻnalishda ish bilan band.

Viloyatdagi yana bir loyiha: bu – umumiy qiymati 30 milliard soʻmni tashkil qiluvchi turistik obeʼktdir. U Boʻstonliq tumanidagi Oqtosh qishlogʻida barpo etilmoqda. Yilning toʻrt faslida ham faoliyat koʻrsatadigan ushbu majmua 130 xonadan iborat boʻlib, u 330 oʻringa moʻljallangan. Maskan ishga tushirilgach, 100 nafardan ziyod fuqaro ishli boʻladi.

– Mehmonxonamiz dengiz sathidan 1450 metr balandlikda joylashgan. Tanlagan joyimizning havosi va sharoiti dam oluvchilar uchun juda qulay. Bugungi kunda qurilish ishlari nihoyasiga yetdi, xonalarni jihozlash ham yakunlanmoqda. Ishchi-xizmatchilar asosan mahalliy aholi vakillaridan jalb etiladi Mehmonxonada 250 kishiga moʻljallangan konferensiya oʻtkazadigan zal ham mavjud boʻlib, dam oluvchilarga turli tadbirlar uyushtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Majmuamiz xorijlik sayyohlar bilan birga, ichki turizmga ham moʻljallangan, – dedi tadbirkor Saidazim Yunusxoʻjayev.

Muhimi, viloyatdagi bu kabi ezgu ishlar turizm infratuzilmasini rivojlantirish borabarida sayyohlar oqimining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi.