• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axboroti

17.06.2019

Tashqi ishlar vazirligiga “Human Rights Watch” nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan 2019-yilning 13-iyun kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan voqeaga doir murojaati kelib tushdi.

Ayni paytda mazkur masala har tomonlama o‘rganilmoqda. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.

O‘zbekiston tomoni “Human Rights Watch”ning mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda u va boshqa huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiradi.