• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

SHHTning Bishkek sammiti ishtirokchilari uchun konsert boʻlib oʻtdi

13.06.2019

Qirgʻiziston milliy filarmoniyasida, anʼanaga muvofiq, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun konsert namoyish etildi.

Tadbirda SHHTga aʼzo va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.

Madaniyat va sanʼat xalqlarni yaqinlashtiradigan, oʻzaro anglashuv va doʻstlik rishtalarini mustahkamlaydigan muhim vositadir. Bu Shanxay hamkorlik tashkilotining maqsadlariga hamohang.

Mehmonlar eʼtiboriga mintaqa xalqlari sanʼatining eng sara namunalari havola etildi. Jumladan, oʻzbekcha kuy-qoʻshiqlar olqishlar bilan kutib olindi.

OʻzA
http://uza.uz/uz/politics/shhtning-bishkek-sammiti-ishtirokchilari-uchun-konsert-bo-li-13-06-2019