• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

RASMIY: 9-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4482 nafarni tashkil etmoqda

9-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4482 (+34) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi (shundan 24 nafari xorijdan kelgan, 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan) fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3444 (+87) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaydi.

Hozirda mamlakatimizning toʻqqiz xududidagi tibbiyot muassasalarida jami 1020 nafar koronavirusga chalingan bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ularning 8 nafari ogʻir, 1 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.