• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Prezident maktablariga kuniga o‘rtacha mingdan ziyod hujjat topshirilmoqda

09.06.2019

8 iyun soat 15:15 ga qadar Prezident maktablariga 8,3 mingdan ziyod nomzod hujjat topshirdi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda ta'kidlanishicha, ulardan 2,4 mingdan ziyodi pm.xtv.uz saytida yaratilgan qulayliklardan foydalangan holda hujjatlarini onlayn topshirdi.

“Onlayn qabulning afzalligi shundaki, hujjatlarni topshirish uchun hech qayerga borish kerak emas va navbat kutib asab buzish holatlari bo‘lmaydi”, deyiladi xabarda.

Prezident maktablarining rasmiy saytida taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning ro‘yxati va namunalari berilgan. Nomzodlarning vakillari ushbu namunalar asosida hujjatlarni tayyorlashi va pm.xtv.uz sayti orqali bir necha daqiqalarda topshirish imkoni bor.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga hujjat qabul qilish 1 iyundan boshlandi. Maktablar Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida 2019-2020 o‘quv yilida faoliyat boshlaydi.

https://kun.uz/uz/news/2019/06/09/prezident-maktablariga-kuniga-ortacha-mingdan-ziyod-hujjat-topshirilmoqda