• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Polshaga 40 tonnaga yaqin gilos sotildi

Serquyosh oʻlkamizda pishiqchilik mavsumi boshlandi. Bozoru doʻkonlarimiz sarxil mevalar bilan toʻla. Xalqimiz ehtiyojidan ortgani eksport ham qilinmoqda.

“Oʻzbekiston eksportchilari” uyushmasi Axborot xizmatidan olingan maʼlumotga koʻra, chet elda Oʻzbekiston gilosi juda xaridorgir boʻlib turibdi.

Oʻtgan 2 oyda 10 dan ortiq davlatga 160 tonnadan ziyod gilos eksport qilingan. Xususan, may oyida Polshaga 40 tonnaga yaqin gilos yetkazib berildi. Shuning oʻzi iqtisodiyotimizga 115 ming dollar mablagʻ qoʻshiladi, degani.