• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Pensiya tizimini raqamlashtirish orqali noqonuniy holatlar bartaraf etilmoqda

Bu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoralararo maʼlumot almashinuv platformasi oʻrtasida elektron axborot xizmati keng yoʻlga qoʻyildi.

Ushbu elektron axborot almashinuvi yordamida jami 3,7 milliondan koʻproq pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari solishtirilib chiqildi. Ularning shaxsiy identifikatsiya raqamlarini “Pensiya” dasturiy majmuasiga toʻgʻri kiritilishi taʼminlandi.

Joriy yilning oʻtgan davrida elektron axborot almashinuvi yordamida pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari solishtirilib chiqilganda, ayrim fuqarolarning tugʻilgan yili, oyi va kunlari, ayrimlarining esa jinsiga oid maʼlumotlarining notoʻgʻri belgilanganlik holatlari aniqlandi. Bugungi kunda Pensiya jamgʻarmasining saʼy harakatlari bilan yoshini katta qilib koʻrsatgan holda pensiya tayinlangani shubha qilingan 1 ming 660, yoshini kichik qilib koʻrsatgan holda pensiya tayinlangani shubha qilingan 4 ming 312 pensiya ishining roʻyxati shakllantirildi.

Bu kabi qayta oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda. Yakunda aniqlangan holatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.