• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Oʻzbekistonlik yosh muhandis-mutaxassislar oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparati prototipini yaratdi

Jahondagi soʻnggi voqealar oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparatlarining oʻta yetishmasligiga olib kelganligini inobatga olib, Oʻzbekiston avtomobil tarmogʻi yosh muhandis-mutaxassislari karantin davrida oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparati prototipini yaratdilar.

“Oʻzavtosanoat” AJ qoshida tashkil etilgan “Research and Development Center” ishlanmalar markazi mutaxassislari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPU) talabalari bilan birgalikda, prototip ustida mutaxassislari ish olib borishgan.

Jamiyat axborot xizmatining xabar berishicha, apparatni ishlab chiqish muallif chizmalarini yaratish, dizaynni modellashtirish va bevosita apparatning oʻzini TPU laboratoriyasi bazasida yigʻishni oʻz ichiga oldi.

Uning prototipi gipoallergen materiallardan yasalgan boʻlib, bu esa oʻz navbatida apparatni oson dezinfeksiyalash imkonini beradi. Uning texnik xarakteristikalari oʻz ichiga namlik, bosim, kislorod va harorat darajasi sensorlarini oladi – ularning koʻrsatkichlari apparat xotirasida saqlanib qoladi. Bundan tashqari, apparat tozalash tizimi bilan taʼminlangan – ishlangan havo filtr orqali oʻtadi, uni almashtirish qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Energiyada uzilish boʻlganda ham jihoz ishlayveradi. Buning uchun oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparati prototipi uzluksiz ozuqa manbai bilan jihozlangan, u apparatning kamida bir soat ishlashini taʼminlaydi.