• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 39 nafarga koʻpaydi

2020-yil 1-iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3662 (+39) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi (Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Qozon shaharlari hamda Qozogʻiston Respublikasidan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Namangan viloyatida karantinda boʻlgan fuqarolar orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatiga, yana 2 nafari esa Rossiyadan Toshkent viloyatiga chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2837 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan (77 foiz) fuqarolar sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 810 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 8 nafar bemor ogʻir, 1 nafar bemor esa oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi