• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9500 nafar ga yetdi

2020-yil 4-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9500 (+104) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 36 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 35 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 25 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6251 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3220 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 16 nafari ogʻir, 8 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi