• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3843 nafarga yetdi

2020-yil 3-iyun soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3843 (+28) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Navoiy viloyatida, 2 nafari Toshkent shahrida, 1 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari esa Karantin markazidagi (shundan 9 nafari Moskvadan charter reys bilan kelgan, 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda boʻlgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3014 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) sogʻaydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 813 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlim