• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Oʻzbekiston agrosanoati hozir qanday holda?

Oʻzbekiston Respublikasida hozirda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan AGROCOMP loyihasi faoliyat olib bormoqda. Loyiha doirasida soha ekspertlari: agronomlar, marketing mutaxassislari, olimlar va tahlilchilar nafaqat vebinarlar va onlayn maslahatlar berish bilan, Oʻzbekiston agrosanoatini oʻrganish bilan ham bandlar.

Aynan shu maqsadda loyiha ishchi guruhi Toshkent viloyatidagi Yangiyoʻl, Boʻka, Bekobod bilan birgalikda Namangan viloyatidagi Pop, Chust, Mingbuloq tumanlariga tahliliy tadbir oʻtkazish uchun bordilar. Asosiy maqsad – maxsus tayyorlangan savollar yordamida kichik, oʻrta va yirik ishlab chiqaruvchilarning oʻzaro ish olib borishi, mavjud ish uslublari va yutuq hamda kamchiliklari bilan tanishish boʻldi.

Ekspertlar qovun yetishtirilgan yerlarda tomchi sugʻorish tizimlari borligini aniqlashdi va bu albatta yaxshi kuzatma boʻldi, negaki, bunday sugʻorish ushbu sohada barqaror rivojlanishni taʼminlaydi.

Biroq, kamchiliklar ham kuzatildi. Masalan, yirik va kichik yetishtiruvchilar orasida toʻlaqonli muloqot yoʻlga qoʻyilmagani aniqlandi. Ishlab chiqaruvchilar oʻzaro maʼlumot almashish uchun hech qanday uyushgan tizim tashkil qilishmagan: barcha maʼlumot oʻzaro suhbatlarda yuzaga chiqadi xolos.

Koʻp yoshlar mavsumiy ishlarga qoʻshni chet davlatlarga chiqishar ekan, demak, ogʻir ish ayollarga qolish ehtimoli yuqori. Buni ijobiy tarafi esa, chet yurtdan yangi koʻnikmalar olib kelish imkoniyatini berishini ham mahalliy dehqonlar taʼkidlab oʻtdilar.

“Eksport qilishdagi asosiy muammolardan biri bizda shunday maqsadlar uchun yetishtiriladigan qovun navlari oʻta tanqisligi. Nima uchun biz organik qovun yetishtirmaymiz? Bu savolni biz koʻp yetishtiruvchilarga berdik, ayrimlari ichki bozorni oʻziga yetkazish qiyinligini tilga oldi, boshqalar esa moddiy texnik bilimlar tanqisligini taʼkidlab oʻtishdi. Demak, bu sohada umumiy ishbilarmonlik bilimi oshirilishi kerak”, deydi loyiha ekspert Alisher Rustamov.

Tadbirkorlik va moliya savodxonligini shakllantirish uchun joylarda chora tadbirlar uyushtirilishi ham oʻz oʻrniga ega. Bir dehqon Rossiya Federatsiyasida mavsumiy ishchi boʻlib ishlaganida Telegram tarmogʻi orqali koʻp yangiliklar va tajribalar bilan almashishni oʻrganib kelgan ekan. Hozirgi davrda onlayn izlanishlarga koʻp vaqt ajratishda davom etib kelsa-da, lekin bunday intilishga aksariyat shu soha vakillari ega emas. Aynan shu sabab ham AGROCOMP onlayn darslari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirildi va vebinarlar davomida Oʻzbekistonlik koʻrinarli ekspertlar oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashib kelishyapti. Bilim dehqonlar va fermerlarga mutloqo bepul.

Qovunchilik sohasi vakillari iqlim oʻzgarganligi va unumdorlik uchun koʻp oʻgʻit ketishini aytib oʻtdilar. Yana bir muammo: qovunchilar uyushmasi mavjud emasligi. Dehqonlar koʻproq boshqa madaniyatlarga urgʻu bermoqdalar.

“Bu kabi izlanishlar nafaqat mahalliy dehqonchilikka, balki butun Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo agrosanoatiga sezilarli foyda keltirishi ajablanarli emas”, deydi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov .

Qovun yetishtiruvchi mutaxassislardan birini taʼkidlashicha, 2 mavsumdan ortiq bir yerda qovun yetishtirish unumli boʻlmaydi. Yangiyoʻlda dehqonlar Qirgʻizistonga mahsulot eksport qilayotgan bir paytda, Namangan tumanlarida ularning hamkasblari faqat mahalliy bozorga ishlab kelmoqdalar. Bu yana umumiy tadbirkorlik savodxonligi, markirovka va brend shakllantirish yoʻqligidan dalolat.

Loyiha menejeri Farrux Omonovning taʼkidlashicha, ushbu izlanishlar faqat ilk qadamlardir. Keyinchalik loyiha ekspertlari tomonidan bundan ham keng qamrovli izlanishlar tashkil qilinadi.

Yuqoridagi savollarga javoblar va mavjud muammolarni bilish loyiha uchun juda muhim, chunki aynan shu tadqiqotlar asosida yoʻl xaritasi, qolaversa aniq harakatlar rejasi kashf etiladi. Viloyatlardagi Savdo Sanoat Palatasi koʻmagida ishchi guruh aʼzolari Alisher Rustamov va Borir Arifbayev chuqur oʻrganishlarni davom ettirishmoqda.