• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

MIB xodimlariga qarshilik koʻrsatgan shaxsga jazo tayinlandi

Fargʻona viloyati Beshariq tumani, “Baxmal” mahalla fuqarolar yigʻini, “Obod” koʻchasida yashovchi U. Poʻlatov yashash xonadoniga elektr va gaz hisoblagichlarni koʻzdan kechirish hamda noqonuniy ulangan holatini aytish uchun kelgan Majburiy ijro byurosi Beshariq tumani boʻlimi davlat inspektorlari Islomjon Mamajonov a va Otabekov Diyorbeklarni soʻkib, baqir-chaqir qilib, koʻchaga haydagan.

Davlat inspektorlari elektr va gaz hisoblagichlar isteʼmolchi U.Poʻlatovning yashash xonadoni ichkari hovlisida joylashganligi sababli kirib koʻrishlarini iltimos qilishgan, lekin unga bu iltimos yoqmagan.

Mazkur holat yuzasidan Beshariq tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, toʻplangan hujjatlar tuman maʼmuriy sudida koʻrib chiqilgan.

Sudda huquqbuzar U.Poʻlatov qilgan ishidan pushaymon boʻlib, MIB xodimlaridan kechirim soʻragan hamda xodimlarning unga nisbatan daʼvosi yoʻqligini inobatga olgan holda unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 (uch) baravari, yaʼni 669.000 soʻm jarima jazosi tayinlangan.

Hozirda fuqaro U.Poʻlatov elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun, shuningdek jarima jazosini ham toʻliq toʻlab berishga majbur boʻldi.

Balki bu boshqalarga ibrat boʻlar.

Majburiy ijro byurosi
Fargʻona viloyat boshqarmasi