• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Hindiston elchisi bilan muzokaralar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Ja bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va har tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston - Hindiston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilib, soʻnggi yillar davomida jadal rivojlandi, bu jarayonda muhim kelishuv va natijalarga erishildi.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida tegishli vazirlik va idoralar barcha zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda hamkorlikni davom ettirgani qayd etildi.

Shuningdek, turli darajadagi boʻlajak ikki tomonlama uchrashuvlarni oʻtkazish muddatlari boʻyicha takliflar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat soʻngida vazir Santosh Jaga ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Elchi ham oʻz navbatida Hindistonning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlangani uchun tashakkur izhor etdi.