• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Germaniya Rossiyaga nisbatan sanksiya kiritishni taklif etmoqda

Germaniya Federativ Respublikasi hukumati Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlardan, goʻyoki, bundestagga qarshi uyushtirilgan kiber hujumga aloqadorligi uchun Rossiya Federatsiyasini sanksiyalar qoʻllash orqali jazolashni soʻrab, taklif kiritdi. Bu haqda "Gazeta.ru" “Deutsche Welle” nashri xabariga tayanib maʼlum qilgan.

Germaniya parlamentidagi Soʻllar partiyasi hukumatining rasmiy javob hujjatidan olingan nusxada koʻrsatilishicha, Rossiya harbiy razvedka xizmati, goʻyoki, bundan besh yil muqaddam bundestagga nisbatan qilingan kiber hujumga daxldor.

Sanksiya joriy etilishi toʻgʻrisidagi mazkur taklif iyun oyi boshida yangragan, biroq hali bu masala boʻyicha biror qaror qabul qilingani yoʻq.

Soʻllar partiyasi fraksiyasining soʻroviga berilgan rasmiy javobda “federal hukumat tomonidan YEI doirasida sanksiya joriy etish toʻgʻrisidagi taklif razvedka xizmatidan olingan hamda ommaga maʼlum boʻlgan manbalar bilan asoslanishi” aytilgan.

May oyida Germaniya TIV Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Sergey Nechayevni idoraga chorlab, uni rossiyalik Dmitriy Badin 2015-yil aprel-may oylarida xakerlar tomonidan bundestagga uyushtirilgan kiber hujumga aloqadorlikda ayblanib, qidirilayotganidan xabardor qilishdi. Olmon davlati Bosh prokuraturasi qayd etishicha, Badin oʻsha davrda Davlat razvedka boshqarmasi xodimi boʻlgan. Rossiya fuqarosining xakerlar hujumiga daxldorligi bilan bogʻliq dalillarni esa Berlin taqdim etmagan.