• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

evropa ittifoqi mamlakatlariga koronavirus sabab berkitilgan ichki chegaralarni 1-iyuldan ochish tavsiya qilindi

Yevrokomissiya Shengen zonasiga kiruvchi Yevropa ittifoqi mamlakatlariga koronavirus infeksiyasi tufayli mart oyi oʻrtalarida berkitilgan ichki chegaralarni 1-iyuldan bosqichma bosqich ochishni tavsiya qildi.

Komissiyaning fikricha, bu vaqtga borib Shengen zonasi mamlakatlari oʻrtasida harakatlardagi cheklovlar bekor boʻladi.

30-iyunga qadar YEI chegaralari uchinchi mamlakat fuqarolari uchun, yashash imkoniyatini beruvchi hujjatga ega va zarur vaziyatlar tufayli tashqariga chiqmoqchi boʻlgan fuqarolardan tashqari yopiqligicha qoladi. Yevrokomissiya 1-iyuldan boshlab ayrim kategoriyali xorijliklar uchun, jumladan, talabalar va yuqori malakali xodimlar uchun, ammo turistlar uchun emas, chegaralar ochilishini tavsiya qilmoqda.

Shu bilan birga, YEIga kirmagan Bolqon mamlakatlarining fuqarolari uchun ham chegaralar 1-iyuldan ochilishi tavsiya qilindi.

Tavsiyada taʼkidlanishicha, keyingi bosqichlarda chegaralarning ochilishi muvofiqlashtirilgan va ayrim kriteriylar eʼtiborga olingan holda amalga oshirilishi lozim. Shulardan eng asosiysi, mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat boʻlib, unda bu mamlakatlardagi vaziyat Shengen zonasidagi vaziyatdan yomon boʻlishi kerak emas va bu mamlakatlar ham YEI fuqarolari uchun oʻz chegaralarini ochishlari kerak.

Shengen zonasi mamlakatlari konsulliklari tomonidan vizalarni berish qayta tiklanishi yuzasidan meʼyorlar ham ishlab chiqildi, ammo hozircha aniq sana yoʻq. Yevrokomissiya tavsiyalarini rasman YEIga aʼzo mamlakatlar tasdiqlashi kerak.

Soʻnggi haftalarda Yevroittifoq mamlakatlarida koronavirus infeksiyasiga chalinish va oʻlim holatlari kamayib bormoqda.