• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Davlatga xoinlik qilgan shaxs 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabariga koʻra, Harbiy sudda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasi (davlatga xoinlik qilish) 1-qismi va 248-moddasi (qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan R.Sayfulinga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi eʼlon qilindi.

Bir necha oy davomida oʻtkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning koʻrsatmalari tinglanib tahlil qilindi.

Tergov organi tomonidan toʻplangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi.

Sud sudlanuvchi R.Sayfulinni yuqorida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda, aybli deb topib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.