• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

CHEXIYA TASHQI ISHLAR VAZIRI O‘RINBOSARI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT TO‘G‘RISIDA

2020-yilning 24-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Martin Tlapa bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.

Turli darajalardagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali va ularga tayyorlargik ko‘rishning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga, Chexiya investitsiyasi va texnologiyalarini jalb qilgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlashning muhimligi ta’kidlandi.

TIV rahbarlari o‘rinbosarlari, shuningdek, ikki davlatning xalqaro tashkilot va tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.