• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Chet el jurnalistlari “Navoiy” EIZ faoliyati bilan tanishmoqda

21.06.2019

2019-yilning 20-iyun kuni “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direktori Habib Abdullayevning taklifiga binoan xorijiy ommaviy axborot vositlarining O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan vakillari Navoiy viloyatiga keldilar.

Safar chog‘ida jurnalistlar iqtisodiy zona faoliyati va unda yuz berayotgan so‘nggi jarayonlar bilan tanishadilar, hududda faoliyat olib borayotgan tashkilotlarga tashrif buyuradilar, viloyat va “Navoiy” EIZ rahbariyati bilan uchrashadilar.

“Navoiy” EIZ hududi O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 15-maydagi “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan butun Navoiy viloyati chegarasichaga kengaytirilgan edi.

Jurnalistlarning mazkur safari “Navoiy” EIZ direksiyasi hamda TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.