• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Akmal Saidov Parlamentlararo ittifoqning ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida ishtirok etdi

Shu yilning 11-iyunida onlayn-rejimda Parlamentlararo ittifoq ijroiya qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Uning ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, bundan avval 2029-2023-yillarga PAI Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib tayinlangan Akmal Saidov ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, PAI eng keksa xalqaro tashkilotlardan biri boʻlib, parlamentlararo muloqotning eng yirik maydonchasi hisoblanadi. 1889-yilda tashkil qilingan ushbu tuzilma hozirgi kunda 179 ta mamlakatni, shuningdek mintaqaviy parlament birlashmalaridan 13 ta aʼzoni qamrab oladi.

PAI ning Ijroiya qoʻmitasi 18 ta aʼzodan iborat boʻlib, ular Tashkilot doirasida barcha 6 ta geosiyosiy guruhlarni birlashtiradi va uning maʼmuriy organi vazifasini bajaradi.

Ijro qoʻmitasining videokonferensiya shaklida oʻtgan ushbu yigʻilishining kun tartibi oʻz ichiga quyidagi bandlarni qamrab olgan:

- PAI raisi va bosh kotibining faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini tinglash;

- Parlamentlararo ittifoqning 2017-2021-yillarga moʻljallangan Strategiyasini implementpatsiya qilish jarayoni;

- BMT institutlari bilan oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari;

- moliyaviy masalalar va PAI faoliyatining oshkoraligini taʼminlash choralari.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi nuqtayi nazaridan vujudga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda PAI liniyasi boʻyicha rejalashtirilgan parlamentlararo hamkorlikning xalqaro tadbirlari muhokama qilindi.

Kun tartibi bandlari boʻyicha A.Saidov soʻzga chiqdi va u ishtirokchilar eʼtiborini qonunchilik organlarini pandemiyani tizginlash boʻyicha xatti-harakkatlarga amaliy jalb qilishning ahamiyatiga qaratdi.

Misol tariqasida Oliy Majlis faoliyatining tajribasi keltirildi, zero u mamlakatning ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muhim ustuvor masalalarni hal qilish barobarida xalqaro hamkorlar bilan oʻzaro aloqalarni qoʻllab-quvvatladi va faol rivojlantirdi. Xususan, Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishiga va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash choralari ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi.

Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari A.Saidov tomonidan PAI doirasida oshkoralikni kuchaytirish boʻyicha ishlarni davom ettirish zarurligi shuningdek boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ushbu yoʻnalishda toʻplangan amaliy tajribadan foydalanish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

Ayni paytda, joriy yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga koʻra Inson huquqlari boʻyicha Samarqand anjumani haqidagi xabar yetkazildi. Ushbu anjumanning asosiy mavzusini yoshlarning huquqlarini, ularning BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlidagi oʻrnini taʼminlash va himoyalash tashkil etadi.