• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Afgʻoniston boʻyicha onlayn videokonferensiya toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalalari boʻyicha onlayn-konferensiyada ishtirok etdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining saytida xabar berildi.

Maslahatlashuv uchrashuvida AQSH, Germaniya, Indoneziya, Norvegiya va Qatar davlatlari maxsus vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirda Afgʻonistondagi mojaroni hal qilish hamda afgʻonlararo tinchlik muzokaralarini tezroq boshlash borasidagi xalqaro saʼy-harakatlar muhokama qilindi.

Afgʻonistonga barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda koʻmaklashishning, ayniqsa pandemiya sharoitida yordamlashishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida batafsil fikr almashildi.