• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Adliya vazirligi: eksport qiluvchi korxonalar faoliyatiga ayrim hududlarda toʻsiqlar boʻlayotgani yuzasidan mutasaddi rahbarlarni qatʼiy ogohlantiradi

Eksport qiluvchilar uchun maʼmuriy toʻsiqlarni qisqartirishtashqi iqtisodiy faoliyatni isloh qilishning muhim yoʻnalishlaridanbiri hisoblanadi.

Shu bilan birga, joylardagi holat shuni koʻrsatmoqdaki, ayrim hududlarda eksport koʻrsatkichlarini oshirish maqsadida hududdagi rahbarlareksporterlar oldida sunʼiy toʻsiqlarni qoʻymoqda.

Xususan, mahsulotlarni bir hududdan ikkinchi hududga olib oʻtayotganda mansabdor shaxslar eksporterlarni agar u eksportni ushbu hududdan amalga oshirmasa hudud chegarasidan oʻtkazmayotganligi yoki tadbirkorlik subyektlarini eksport qilinayotgan hududda roʻyxatdan oʻtishini talab qilish holatlari uchramoqda.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi oʻzi yaxlit bir bozor hisoblanib, tovarlar va xizmatlarning respublika boʻyicha erkin harakati bozor iqtisodining eng asosiy tamoyillaridan biridir. Hududlarning eksport koʻrsatkichlari oʻzgarishi mamlakatning umumiy koʻrsatkichiga taʼsir etmaydi.

Yuqorida qayd etilgan sunʼiy toʻsiqlar amaldagi qonunchilik talablariga ham zid hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari butun respublika boʻyicha bir xil qoʻllanilishi shart.

Eksport/import operatsiyalari Bojxona kodeksivaboshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqishfaqatgina Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiqtaqiqlanishi mumkin.

Davlat organlarihamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlarning faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida(PQ–3978-son, 17.10.2018y.)hokimlar va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga eksport qiluvchining hududiy mansubligiga qarab toʻsqinlik qilganligi uchun shaxsan javobgarligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirildi.

Tadbirkorlik faoliyati, xususan eksportni amalga oshirish bilan bogʻliq qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan ortiqcha cheklov
va talablar oʻrnatish hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish(Jinoyat kodeksining 205-moddasi)yoxud hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish(Jinoyat kodeksining 206-moddasi) deb baholanib, bunga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar ushbu qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Yuqorida koʻrsatilgan holatlarga barham berish maqsadida eksport qilishga toʻsqinlik qilishning har qanday koʻrinishi holatlari yuzasidanhurmatli tadbirkorlar Adliya vazirligining @tadbirkor_adliyabottelegram botiga yoki “Oʻzbekiston eksportchilari uyushmasi”ga (71-207-00-98)murojaat qilishlarini soʻraymiz.

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi