• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

“UNG Petro”: Mahalliy “Yevro – 4” va “Yevro – 5” dizel yoqilgʻisi sotuvga chiqarildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Oʻzbekiston tarixida ilk marta “Yevro – 4” va “Yevro – 5” yuqori sifatli dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganligi haqida xabar bergan edi.

“Yevro – 4” va “Yevro – 5” yoqilgʻisi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar miqdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga egadir.

Ushbu markadagi dizel yoqilgʻisi bugundan “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” korxonasining Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarida sotuvga chiqarildi.

Korxona chakana savdo orqali kunlik 60 tonna miqdoridagi “Yevro – 4” va “Yevro – 5” yoqilgʻisini sotishni rejalashtirgan.

Eslatib oʻtamiz, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida va Fransiyaning “Axens” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida tegishli reaktorga yangi katalitik tizim oʻrnatilgan va 2020-yilning 30-mart kunidan “Yevro – 4” va “Yevro – 5” sinfidagi ekologik toza dizel yoqilgʻisini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan edi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati