• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Germaniyaning eng ommabop telekanallaridan biri O‘zbekiston haqidagi videorolikni namoyish etdi

14.06.2019

Germaniyaning eng yirik, ommabop telekanallaridan biri bo‘lgan “Westdeutscher Rundfunk” (WDR) o‘zining YouTube sahifasiga O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Ipak yo‘lidagi mamlakat“ nomli videorolikni joylashtirdi.

Muallifning ta’kidlashicha, mazkur filmdan ko‘zlangan maqsad – germaniyalik sayohat ishtiyoqmandlarini O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, xususan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarning UNESCO dunyo madaniy merosi durdonalari ro‘yxatidan joy olgan betakror me’moriy yodgorliklari bilan yaqindan tanishtirishdan va shu orqali O‘zbekistonga Germaniyadan sayyohlar oqiminining ko‘payishiga imkon qadar hissa qo‘shishdan iborat.

Videorolik muallifi Hanna Perhtold (Hannah Perchtold) Westdeutscher Rundfunk YouTube kanalida “WDR Sayohat” dasturiga mas’ul.

Ushbu kanal nemis sayyohlarini dunyo bo‘ylab turli sayohat imkoniyatlari bilan muntazam ravishda tanishtirib boradi.

Manba: https://daryo.uz/2019/06/14/germaniyaning-eng-ommabop-telekanallaridan-biri-ozbekiston-haqidagi-videorolikni-namoyish-etdi-video/