• Deutsch
  • English
  • Русский
  • o'zbek

Shavkat Mirziyoyev barcha hunarmandlarni tabrikladi

14.09.2019

Davlatimiz rahbari festival arafasida shahar hayotida yana bir muhim voqea yuz bergani taʼkidladi. Jahon hunarmandlar kengashi tomonidan Qoʻqon shahriga “Jahon hunarmandlari shahri” degan yuksak unvon berildi. Yaʼni, Qoʻqon shahri dunyo hunarmandchilik xaritasida ham munosib va mustahkam oʻrin egalladi.

Qoʻqon shahri Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida birinchi boʻlib ushbu roʻyxatga kiritilganini biz mamlakatimizda xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizga xalqaro miqyosda berilgan katta baho, deb qabul qilamiz.

Kuni kecha Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo – Tinch okeani mintaqasi prezidenti Gada Kaddumi xonim Qoʻqon shahriga ana shu guvohnomani tantanali ravishda topshirdi.

Mana shu quvonchli ayyomda muhtaram Qoʻqon ahlini, butun Oʻzbekiston hunarmandlarini ana shunday yuksak eʼtirof bilan chin dildan tabriklayman, dedi Prezident.

OʻzA