Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови тўғрисида

ҲУРМАТЛИ ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФАҚАРОЛАРИ!

2016 йил 4 декабр куни Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови ўтказилади. Шу муносабат билан ўз сайлов ҳуқуқингиздан фойдаланган ҳолда ушбу сайловда овоз беришингизни сўраймиз.

Konsullik bo'limi

Berlindagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasi konsullik bo'limi konsullik okrugiga Germaniya Federativ Respublikasining quyidagi Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Mecklenburg-Vorpommern, Quyi Saksoniya, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Shlezvig-Golshteyn va Thuringia federal erlarida, Chexiya Respublikasi, Shveytsariya Konfederatsiyasi va Shvetsiya Qirolligi hududlari kiradi.
Yuqorida ko'rsatilgan hududlarda yashovchi shaxs va tashkilotlar konsullik masalalari hamda xizmatlari yuzasidan Berlindagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasining konsullik bo'limiga murojaat qilishi mumkin.

Berlindagi O'zbekiston Respublikasi elchixonasining konsullik masalalari bo'yicha shaxsiy murojaat uchun vaqt jadvali:
Dushanba, Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari soat 09.00 dan 12.00 ga qadar.
Konsullik bo'lim passport masalalari yuzasidan qabul vaqti avvaldan kelishilgan holda quyidagi kunlar belgilangan soatlarda amalga oshiriladi:
Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba va Juma kunlari soat 14.00 dan 18.00 ga qadar.

Elchixona Konsullik bo'limi bilan telefon orqali savollar muxokamasi, maslahat olish masalalari Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba va Juma kunlari soat 15.00 dan 18.00 ga qadar amalga oshiriladi.